Forest
Qonuniy

Foydalanish shartlari

Umumiy ma’lumotlar

Ushbu sayt va shu saytga tegishli boshqa subsaytlar (keyingi oʻrinlarda “Sayt” deb yuritiladi) Husqvarna AB (publ)/GARDENA GmbH kompaniyasi yoki uning kompaniyalari, sho‘ba korxonalari va filiallar guruhi (birgalikda HUSQVARNA kompaniyasi deb yuritiladi) tomonidan yaratilgan va yuritib boriladi. Saytdan foydalanish sizz va HUSQVARNA (“Kelishuv”) oʻrtasidagi qonuniy kelishuv shartlariga rioya qilish orqali amalga oshiriladi. Saytdan foydalanish orqali siz barcha shartlarni va boshqa taalluqli hujjatlarni oʻqib tushunganingizni va ularga rozi ekanligingizni tasdiqlagan sanalasiz.

Litsenziya

Mazkur kelishuvda keltirilgan shartlarga asoslanib, HUSQVARNA sizga bundan keyin sayt va saytdagi materiallardan foydalanish va ularni koʻrish uchun istisnosiz, uchinchi tarafga oʻtkazilmaydigan, cheklangan huquqlar taqdim etadi. Siz saytning faoliyatiga xalaqit bermaslikka va xalaqit berishga urinmaslikka rozilik bildirgan sanalasiz.

HUSQVARNA sizga saytdagi ma’lumotlarni (“materiallarni”) faqat shaxsiy, notijorat maqsadlarda koʻrish va yuklab olish vakolatini beradi. Ushbu vakolat materiallarga va material nusxalariga egalik huquqi berilganligini anglatmaydi va quyidagi cheklovlardan iborat boʻladi: 1) Siz barcha yuklab olingan materiallarning nusxalaridagi barcha mualliflik va boshqa mulk egaligi haqidagi bildirishnomalarni saqlashingiz shart; 2) Materiallarni har qanday yoʻl bilan oʻzgartirish, qayta yaratish, ommaviy namoyish etish, ijro etish, tarqatish yoki boʻlmasa, har qanday ommaviy yoki tijoriy maqsadlarda foydalanish yoki ishlatish taqiqlanadi; 3) Ushbu foydalanish shartlarida keltirilgan majburiyatlarni eslatmay va ular bunga rozilik bildirmay turib, uchinchi shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi. Siz saytda vaqti-vaqti bilan yangilanish bilan paydo boʻladigan barcha qoʻshimcha cheklovlarga rioya etishga rozilik bildirgan sanalasiz. Ushbu sayt, \jumladan barcha materiallar butunjahon mualliflik haqidagi qonun va kelishuv qarorlari boʻyicha mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Siz saytdan foydalanishda barcha butunjahon mualliflik qonuni qoidalariga rioya etishga va materiallardan noqonuniy tarzda nusxa olmaslikka oʻz roziligingizni bildirasiz hisoblanasiz. HUSQVARNA har qanday patent, loyiha, savdo belgisi, mualliflik huquqi yoki tijorat siri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida hech qanday yaqqol yoki nazarda tutilgan huquqlarni taqdim qilmaydi.

Foydalanuvchining kafolatlari

Siz saytdan ushbu kelishuvga, shuningdek kelishuvdagi barcha qonun va holatlarga rioya etgan holda foydalanishga va barcha mavjud va kelgusi Sayt siyosati va qoidalariga rioya etish istagini bildirasiz va kafolatlaysiz. Siz saytdan quyidagi maqsadlarda foydalanmaslikka oʻz roziligingizni bildirasiz: (a) spam yoki kelishilmagan boshqa xabarni yuborish; (b) Oʻzini HUSQVARNA deb yoki boshqa birov sifatida koʻrsatish yo boʻlmasa, uchinchi tarafga nomingizdan faoliyat yuritishga ruxsat berish; (c) Sayt orqali uzatilgan har qaysi kontentning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarini niqoblash maqsadida sarlavhalarni soxtalashtirish yoki boshqa yoʻl bilan identifikatorlarini aldash; (d) Yolgʻondan biron bir shaxsga yoki tashkilotga aloqadorligingizni koʻrsatish; (e) boshqalarning saytdan foydalanishiga nojoʻya ta’sir qiladigan harakatlar amalga oshirish; (f) tegishli qonunni buzadigan faoliyat bilan shugʻullanish; (g) har qanday yoʻl bilan boshqalarning huquqini buzadigan yoki nizomga zid, haqoratlaydigan, kamsitadigan, qoʻpol, norozilik tugʻdiradigan, har qanday reklama yoki mahsulot va xizmatlarga chorlaydigan mazmundagi har qanday materiallarni post qilish yoki oʻtkazish, jumladan (h) boshqa foydalanuvchilarning vakolatisiz ularning shaxsiy ma’lumotlarini toʻplash yoki saqlash.

Maxfiylik

HUSQVARNA kompaniyasining maxfiylik boʻyicha faoliyati, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni toʻplash va ishlatish, shuningdek sizning ma’lumotlaringiz maxfiyligini himoya qilishimiz haqidagi ma’lumotlar bilan HUSQVARNA kompaniyasining maxfiylik siyosatidatanishishingiz mumkin. Ushbu saytdan foydalanish orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringizning HUSQVARNA kompaniyasining maxfiylik siyosatiga asosan foydalanilishiga rozilik bildirgan hisoblanasiz.

oʻzgarishlar

HUSQVARNA ushbu kelishuvdagi har qanday ma’lumotni to‘liqligicha yoki qisman, har qaysi vaqtda va oldindan ogohlantirishsiz oʻzgartirish, qayta koʻrib chiqish, qoʻshimchalar kiritish yoki olib tashlash huquqini o'z ixtiyorida qoldiradi. Ushbu kelishuvdagi oʻzgarishlar saytda joriy qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Ushbu kelishuvdagi har qanday oʻzgarish joriy qilingandan keyin sizning saytdan foydalanishda davom etishingiz, mazkur oʻzgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi.

HUSQVARNA kompaniyasining huquqlari ushbu kelishuv bilan cheklanib qolmaydi va shunday nomuvofiqlikka bogʻliq barcha qonuniy huquqlarini oʻzida saqlaydi. 

Intellektual mulkka egalik huquqi

Siz ushbu saytdagi barcha intellektual mulkka egalik huquqi (jumladan, biroq shu bilan yakunlaymadigan, mualliflik huquqi, patentlar, sanoat sirlari, maxfiy ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqi, shuningdek roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmagan savdo belgilari va loyihalariga egalik huquqi) HUSQVARNA kompaniyasi yoki uning litsenziarlariga tegishli ekanligiga rozilik bildirgan va tasdiqlagan hisoblanasiz. HUSQVARNA kompaniyasiga tegishli intellektual mulkka egalik huquqidan foydalanish bilan bogʻlik barcha baholanganva intellektual mulkka egalik huquqi HUSQVARNA kompaniyasiga qarashlidir,.

Siz HUSQVARNA savdo belgilarini, tijorat atamalarini, xizmat belgilarini, logotiplarini, domen nomlarini yoki kompaniyaga xos boshqa brend xususiyatlaridan foydalanmaslikka, jumladan ushbu kelishuvda shunday qilishga hech qanday huquq berilmaganligini ham hisobga olgan holda rozilik bildirgan va tasdiqlagan hisoblanasiz.

Shuni yodda tutingki, siz tarafdan taqdim qilingan har qanday ma’lumot, mustaqil takliflar, gʻoyalar yoki boshqa turdagi hujjatlar maxfiy deb qaralmaydi va patentlangan deb sanalmaydi. Husqvarna kompaniyasining kelib tushgan soʻralmagan gʻoyalarga munosabati boʻyicha siyosati haqidagi hujjatda keltirilgan patent m’lumotlari deklaratsiyasida nazarda tutilgan holatlarni hisobga olmagan holda, siz har qanday turdagi ma’lumot yoki materiallarni yuborish orqali HUSQVARNA kompaniyasiga cheklanmagan, haq talab qilmaydigan, bekor qilib boʻlmaydigan va butunjahon boʻyicha foydalanish, qayta yaratish, namoyish etish, ijro etish, oʻzgartirish, va ushbu materiallar yoki ma’lumotlarni yuborish va tarqatish huquqini taqdim etgan boʻlasiz. Shuningdek siz bizga har qanday maqsadda yuborgan, istalgan turdagi ma’lumotlar, konsepsiyalar, sanoat sirlari yoki texnikasiga aloqador hujjatlardan HUSQVARNA kompaniyasining bemalol foydalanishiga rozi ekanligingizni bildirgan hisoblanasiz. Koʻproq ma’lumot uchun qarang: Husqvarna kompaniyasining kelib tushgan soʻralmagan gʻoyalarga munosabati boʻyicha siyosati.

Dastur

Ushbu veb saytdan yuklab olish mumkin boʻlgan har qanday dastur (“Dastur”) HUSQVARNA va/yoki uning ta’minotchilari tomonidan mualifflik huquqi bilan himoyalangan element salanadi.

Dasturdan foydalanish shartlari foydalanish shartnomasida, va agar mavjud boʻlsa, dastur bilan birga yoki uning oʻzida keltirilgan qoidalar (“litsenziya shartnomasi”) orqali boshqariladi. Agar litsenziya shartnomasida alohida koʻrsatilmagan boʻlsa, yuklab olish uchun mumkin boʻlgan dastur faqatgina yakuniy foydalanuvchi uchun ishlab chiqilgan. Litsenziya shartnomasiga asoslanmagan holda dasturni qayta yaratish va qayta tarqatish, fuqarolik va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

YUQORIDAGILAR BILAN BIR QATORDA, DASTURNI BOSHQA SERVERDA YOKI JOYDA KELGUSIDA QAYTA YARATISH YOKI QAYTA TARQATISH MAQSADIDA NUSXA OLISH YOKI QAYTA YARATISH QAT’IY MAN QILINADI.

DASTUR KAFOLATLANGAN, AGARDA U NAZARDA TUTILGAN BOʻLSA, FAQATGINA LITSENZIYA SHARTNOMASI QOIDALARIGA ASOSAN AMAL QILADI. LITSENZIYA SHARTNOMASIDA NAZARDA TUTILMAGAN BOSHQA HOLATLARDA, HUSQVARNA QUYIDA DASTURGA, JUMLADAN SAVDOGA YAROQLILIK VA MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLIK, SARLAVHA VA HUQUQ BUZILMASLIKKA TEGISHLI KAFOLATLAR VA HOLATLARGA MASʼULIYATNI OLMAYDI.

Uchinchi taraf veb saytlari

Sizga qulaylik yaratish maqsadida, saytda internet tarmogʻidagi uchinchi tarafga tegishli, ular tomonidan yaratilgan va yuritib boriladigan saytlarga eltuvchi havolalar mavjud boʻlishi mumkin. HUSQVARNA bunday uchinchi taraf sayt kontentlarini monitoring qilish yoki koʻrib chiqish mavburiyatini olmaydi, va shu kabi uchinchi taraf veb-saytlar ma’lumotlarining aniqligi yoki ishonchliligiga javobgar boʻlmaydi.

Saytga eltuvchi tashqi havolalar

Saytga eltuvchi barcha havolalar HUSQVARNA tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan boʻlishi shart. Quyidagi holatlar bundan istisno: (i) havola faqat “HUSQVARNA” nomini bildiruvchi matn boʻlib, HUSQVARNA yoki uning litsenziyarlarining patentlangan savdo belgilarining hech qaysisni oʻz ichiga olmaydi; (ii) havola faqat www.husqvarna.com veb manziliga “ishora qiladi” va boshqa sahifalarga oʻtmaydi; (iii) foydalanuvchi tomonidan oʻtilganida havola qoʻyilgan veb-saytda“ramka” ichida emas, butun keranida koʻrsatadigan va brauzer ekranida boshqarish imkonini beradigan havola boʻlsa; (iv) havolalarning koʻrinishi, joylashishi va havolaning boshqa jihatlari tashkilot, tashkilot faoliyati yoki mahsulotlari HUSQVARNA bilan hamkorligi yoki uning homiyligi asosida ekanligini koʻrsatuvchi, shu oʻrinda yolgʻon tasavvur uygʻotishmaydigan, HUSQVARNA yoki uning filiallarining nomi yoki savdo belgilari bilan bogʻliq boʻlgan hurmatiga putur yetkazmaydigan. HUSQVARNA ushbu holatlardagi havolarlarga roziligini har qaysi vaqtda bekor qilish huquqini oʻz ixtiyorida qoldiradi.

Nazarda tutilgan kafolatlarga istisnolar

Saytdagi va saytning davomiyligi haqidagi ma’lumotlarning aniqligini taminlashga qaratilgan e’tiborga qaramasdan, HUSQVARNA quyidagi holatlarda javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi: MATERIALLARDA MUJMALLIK VA TIPOGRAFIK XATOLIKLAR KUZATILISHI MUMKINLIGIGA. HUSQVARNA MATERIALLARNING ANIQLIGIGA YOKI TOʻLIQLIGIGA YOKI SAYTDA TARQATILGAN YOKI JORIY ETILGAN HAR QANDAY MASLAHAT, GʻOYA, BAYONOT YOKI BOSHQA MA’LUMOTLARNING ISHONCHLILIGI KAFOLATLANMAGANIGA. SHU KABI HAR QANDAY GʻOYA, MASLAHAT, BAYONOT, KELISHUV YOKI MA’LUMOTLARGA TAYANISHINGIZGA FAQATGINA OʻZINGIZ JAVOBGAR EKANLIGINGIZ TASDIQLANGAN. BARCHA MA’LUMOTLAR “BORLIGICHA” VA SHU HOLICHA” TAQDIM QILINADI. HUSQVARNA HAR QANDAY TURDAGI, ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN JAVOBGARLIK VA MAJBURIYATLARNI, JUMLADAN HECH QANDAY CHEKLOVLARSIZ, SAVDOGA YAROQLILIK VA MUAYYAN MAQSADGA MUVOFIQLIKKA, HUQUQ BUZILMASLIKKA VA SAYT YOKI SAYT KONTENTINING TOʻGʻRI ISHLASHIGA JAVOBGARLIKNI OCHIQ TURDA RAD ETADI. HUSQVARNA USHBU VEB-SAYTNING HAVFSIZLIGI BOʻYICHA HECH QANDAY MAJBURIYAT YOKI KAFOLATNI OʻZ ZIMMASIGA OLMAYDI. SIZ YUBORILGAN HAR QAYSI MA’LUMOT TOʻXTATIB QOʻYILISHI MUMKINLIGINI TASDIQLAYSIZ. HUSQVARNA USHBU VEB-SAYT YOKI SAYT JOYLASHGAN SERVERLAR YOKI HUSQVARNA TOMONIDAN YUBORILGAN ELEKTRON ALOQALAR VIRUSLARDAN YOKI BOSHQA ZARARLI ELEMENTLARDAN HOLI EKANLIGIGA KAFOLAT BERMAYDI. NIZOM ISTISNO QILISHNI TAQIQLAYDIGAN HOLATLARDAN BOSHQA HOLATLARDA BARCHA SHU KABIVAKILLIK, KAFOLAT VA HOLATLAR ISTISNO ETILADI. USHBU NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNING ISTISNO ETILISHI, BOSHQA HAR QANDAY UCHINCHI TARAF SAYTLARIGA NISBATAN HAM AMAL QILADI.

Veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlar siz joylashgan mamlakatda e’lon qilinmagan yoki mavjud boʻlmagan HUSQVARNA mahsulotlariga, xizmatlariga va boshqalarga boʻlgan havolalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin. Ayniqsa, bunday ma’lumotlar oʻzgartirishlarga, maxsus talablarga yoki mavjudligi bilan boʻgliq holatlarga qaratilganligi sababli bunday ma’lumotlarning aniqligini kafolotlab boʻlmaydi. Va bunday havolalar HUSQVARNA kompaniyasi siz joylashgan mamlakatda ushbu mahsulot va xizmatlarni e’lon qilish istagida ekanligini bildirmaydi. Mavjud mahsulot yoki xizmatlar va buyurtmalar toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot olish uchun mahalliy dilerga murojat qiling. HUSQVARNA har qanday mahsulot yoki xizmatni har qaysi paytida, oldindan ogohlantirmasdan oʻzgartirishi, yangilashi, qoʻshimchalar kiritish va/yoki olib tashlash bilan bogʻliq huquqlarini oʻz tasarrufida qoldiradi.

Javobgarlik cheklovlari

HECH QANDAY VAZIYATDA HUSQVARNA HAR QANDAY BEVOSITA VA BILVOSITA, OLDINDAN KUTILGAN VA TASODIFIY, JAZO TARIQASIDAGI VA MAXSUS (JUMLADAN, LEKIN CHEKLANMAGAN HOLDA, ZARARLAR NATIJASIDA BIZNES, BITIM, DAROMAD, MA’LUMOTLARNI YOʻQOTISH YOKI BIZNESDA UZILISHGA UCHRASH) SHU SAYTDAN, SAYT KONTENTIDAN FOYDALANISH NATIJASIDA, FOYDALANISH, XATO FOYDALANISH YOKI USHBU QOIDALAR BILAN BOGʻLIQ HOLATLARDAGI ZARARLAR UCHUN, (GARCHI HUSQVARNA SHUNGA OʻXSHASH ZARARLAR HAQIDA OGOHLANTIRGAN BOʻLSA-DA), JAVOBGARLIKNI OLMAYDI. YUQORIDA KELTIRILGAN QOIDALARGA QOʻSHIMCHA RAVISHDA, HUSQVARNA USHBU SAYTDA JAMLANGAN HAR QANDAY MA’LUMOTDAGI XATOLARGA, NOANIQLIKLARGA, QOLDIRILIB KETISHGA YOKI BOSHQA NUQSONLARGA YOKI ULARNING OʻRINSIZLIGIGA VA HAQIQIYLIGIGA HECH QANDAY VAZIYATDA JAVOBGARLIK OLMAYDI. USHBU JAVOBGARLIK CHEKLOVLARI HAR QANDAY UCHINCHI TARAF SAYTLARI BILAN BOGʻLIQ HOLATLAR UCHUN HAM TEGISHLI SANALADI.

Yurisdiksiya bayonoti

Bu sayt HUSQVARNA kompaniyasining Shvetsiyadagi ofislari tomonida nazorat qilinadi, yuritiladi va boshqariladi. HUSQVARNA ushbu saytdagi materiallarning Shvetsiyadan tashqarida muvofiqligiga yoki foydalanish mumkinligiga kafillik bermaydi. Sayt kontenti noqonuniy hisoblanadigan hudulardan saytga kirish taqiqlanadi. Agar siz Shvetsiyadan tashqarida joylashgan hududlardan saytga kiradigan boʻlsangiz, mahalliy qonunlar oldida faqat oʻzingiz javobgar boʻlasiz. Ushbu kelishuv, undagi boshqacha koʻrsatilgan holatlardan tashqari, Shvetsiya Qirolligi qonunchiligi bilan boshqariladi. Stokgolm okrugi sudi – ushbu kelishuvdan kelib chiqadigan har qanday bahsli holatlarning birinchi bosqichida ishni koʻradigan yagona yurisdiksiya organidir.

Soʻnggi yangilanish, 26/08/2021-yilda amalga oshirilgan.